Muzbel tizmasi
Muzbel tizmasi — Chatqol tog’lari tarkibi (Toshkent viloyati)dagi tizma. Teraklisoy qavzasida joylashgan. Jan.-g’arbdan shim.-sharqqa yo’nalgan. Uz. 20 km. Eng baland joyi 2510 m. O’rta karbon davrining granodiorit, granit, ohaktosh, slanes, qumtoshlaridan tuzil- gan. Unchalik parchalanmagan, simmetrik joylashgan, yon bag’irlardagi soylar (Qorabuzuqsoy, Revashte) buloqlardan to’yinadi. Jigarrang tuproqlarda si- Irak archazorlar tarqalgan. Quyi yarus- da butalar, bug’doyiq va b. turli o’tlar o’sadi. Yozgi yaylov si-fatida foydalani- ladi, mahsuldorligi gektariga 3-5 ts.