Muzlik davri

Muzlik davri-Yerning geologik tarixida nisbatan uzoq davom etgan davr. Bu davr iqlimning umumiy nisbiy sovishi natijasida, juda sovuq bo’lgan vaqt (bunda yirik materik muzliklari vujudga kelgan) iliq iqlimi vaqt bilan ko’p marta almashinib turgan. Iqlim iliqlashganda (muzliklararo davr), materik muzliklarining ko’p qismi erib ketgan. Shimoliy Amerikaning quyi proterozoyida, Afrika va Avstraliyaning yuori rifeyida, Osiyo va Shimoliy Amerikaning vendida, Afrikaning ordovikida, Gondvana materigining karbon oxiri va perm boshida aniqlangan. Pleystotsen Muzlik davri eng ko’p o’rganilgan.