Muzrabot tumani

Muzrabot tumani — Surxonda- ryo viloyatidagi tuman. 1968 y. 25 dek.da tashkil etilgan. 1994 y.gacha Gagarin tu- mani deb atalgan. Viloyat xdaudining eng Jan. qismini egallaydi. Shim.da viloyat- ning Sherobod va Qiziriq, Sharqda Angor tumanlari, Jan.-sharkda Termiz tumani, Jan.da Amudaryo orqali Afg’oniston, g’arbda Turkmaniston b-n chegaradosh. Mayd. 0,74 ming km2. Aholisi 99,1 ming kishi (2002). Tumanda 9 qishloq fuqarolar yig’ini (besh-qo’ton, boldir, Guliston, Muzrabot, Navbahor, Obodon, Xalqobod, Sho’rob, Qorakamar) bor. Tu- man markazi — Xalqobod qishlog’i. Tabiati. Tuman hududi asosan, te- kislikdan iborat, shim.dan Jan.ga Amu- daryoga tomon pasayib, g’arbi Qo’hitang tog’ining Jan. qismiga yondashadi. O’rtacha t-ra yanv.da 0° dan 2° gacha, iyul- da 37°-42 . Yozi uzok,, issiq va quruq. Yillik yog’in mikdori 110-120 mm. Ve- getasiya davri 250-280 kun. Tumanda Afg’on shamolining ta’siri kuchli. M.t. xududidan Qorasuv daryosi, Muzrabot- soy va zang kanali oqib o’tadi. Tuprog’i bo’z tuproq, sho’rxok, taqirlar ham uch- raydi. Yovvoyi o’simliklardan yantoq, g’ijmaloq (tuyaqorin), saksovul, qamish o’sadi, yovvoyi hayvonlardan bo’ri, tulki, chiyabo’ri, jayra, ilon, toshbaqa, Amudaryo sohillarida qobon, qoplon uchraydi. Aholisi, asosan, o’zbeklar; shuning- dek, tojik, rus, turkman va b. millat va- killari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2 ga 133 kishi (2002). Xo’jaligining asosini q.x. tashkil etadi. Paxta tozalash va asfalt, yog’moy z-dlari, 1 qo’shma korxona, 8 paxta tayyor- lash punkta, maishiy xizmat ko’rsatish, don mahsulotlari k-tlari va b. korxo- nalar bor. Q.x, asosan, paxta etishti- rish va dehqonchilikka ixtisoslashgan. Sug’oriladigan erlar 36066 ga, shu jum- ladan, 15505 ga erga paxta, 13298 ga erga g’alla, 473,5 ga erga beda, 206,5 ga erga kartoshka, 745 ga erga em-xashak ekinla- ri, 571 ga erga sabzavot va poliz ekin- lari ekiladi, 18 ga er bog’lardan iborat. Tumanda 9 shirkat xo’jaligi, chorvachi- lik majmuoti, 562 fermer xo’jaligi, 6 fermer xo’jaliklar uyushmasi mavjud. Tuman jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida 27,4 ming krramol, 34,6 ming kuy va echki, 60,5 ming parranda bor. Tumanning Jan. dan t.y. o’tgan. 54 umumiy ta’lim makta- bi (30 mingga yaqin o’quvchi), 4 kollej va lisey, 25 kutubxona, 29 klub va madaniyat uylari ishlab turibdi. 3 kasalxona, po- liklinika, 12 dorixona Muzrabot tuma- nidagi un kombinati. va b. tibbiy muassasalarida 124 vrach va 745 o’rta tibbiy xodim ishlaydi. 1969 y.dan «mehnat zafari» tuman ga- zetasi chiqariladi (adadi 2000). Tuman xududida jez davriga oid Sopollite- Pa, kam-pirtepa (mil. AV. 3— mil. 3-a.), Qorakamar g’orlar majmuoti (1-a.), Buz- rukota me’moriy majmu-asi (15-a.) va b. qad. yodgorliklar bor.