Mvanda, Moanda
Mvanda, Moanda — Gabondagi dunyoda eng katta marganes koni, yuqori Ogave yaqinida. Ruda 1962 yildan qazib olinmoqda. Kelib chiqishi cho’kindi. Aniqlangan zaxirasi 400 million tonna chamasida. Tarkibidagi Mp 50% gacha. Asosiy koni Mvanda aholi punktida. Yiliga 2 million tonnadan ziyod ruda qazib olinadi.