Myao-Yao tillari

Myao-Yao tillari — Sharqiy Osiyodagi qarindosh tillarning kam o’rganilgan guruhi; boshqa til guruhlari yoki oilalari b-n munosabatlari aniq emas. Ehtimol, M.-ya.t. alohida til oi- lasini tashkil qiladi. So’zlashuvchilar miqdori Xitoyda 7 mln.dan, Vetnamda 1 mln.dan ortiq kishini tashkil etadi. Asosiy tarqalish mintaqasi — Xitoy- ning markazi va janubi; qisman Vetnam, Laos, Tailand va Myanma (keyingi dav- latdagi so’zla-shuvchilarni asosan ko’chib kelgan aholi tashkil etadi). M.-ya.t.da Myao, Yao, she, Gelao xalqdari so’zlashadi, deb hisoblansada, bu isbotini topmagan. M.-ya.t. bo’g’inli (sillabik) tillarga mansub; morfemalar va sodda so’zlar bir bo’g’inlidir. So’zlarning gapdagi gram- matik munosabatlari so’z tartibi va yor- damchi so’zlar orqali ifodalanadi. Ba’zi hollarda Myao va Yao tillaridagi so’z tar- tibi o’zaro farqlanadi. M.-ya.t. yaqingacha ham o’z yozuviga ega bo’lmagan. 20-a. boshlarida missioner S. Pollard Myao tilining bir lahjasi uchun belgilari bironbir alifboga asos- lanmagan, oddiy geometrik shakllarga o’xshash maxsus yozuv yaratgan. Hoz. paytda Xitoydagi Myao va Yao hamda Vetnamdagi Myao tillari lotin alifbosi asosidagi yozuvga ega.