Myuntser

Myuntser (Munzer, Muntzer) Tomas (taxminan 1490, Shtolberg, Gars — 1525.27.5, Myulxauzen yaqinida, Tyuringiya) — Reformatsiya davrida dehqon-plebeylar ommasi yetakchisi va Germaniyada 1524-26 yillardagi dehqonlar urushi rahbari. Hokimiyatni zo’rlik bilan ag’darib tashlash, uni xalq qo’liga topshirish va Odil jamiyat o’rnatish g’oyalarini diniy shaklda targ’ib qilgan. Tyuringiya — Saksoniyada Dehqonlar urushining yagona markazini tuzishga uringan, lekin 1525 yil 15 mayda uning otryadi Frankenxauzen shahri yonida tor-mor etilib, Myuntser asir tushgan va qatl etilgan.