«Nabi», nabidlar
«Nabi», nabidlar — 1890-1905 yillarda Parijda ijod qilgan rassomlar guruhi; P. Seryuze, M. Deni, K. Russel, P. Bonnar, E. Vyuyyar, A. Mayol va b. P. Gogen va Pont-Avene maktabi ta’sirida bo’lgan «Nabi»lar «modern» uslubining o’ziga xos turini yaratdilar. Ularning ijodiga adabiy simvolizmga yaqinlik, rangning hukmronligi, shaklning umumlashma bezagi, mayin musiqiy ritm, frantsuz san’ati, yapon gravyurasi va italyan primitivini uslublashtirish xos. Seryuze, Deni, Russel asarlariga diniy mistik kayfiyat xos bo’lsa, Bonnar, Vyuyyar va boshqalarning asarlari nozik lirik obraz qurilishi bilan ajralib turadi. «Nabi»lar mahobatli rangtasvir, grafika, amaliy bezak san’atiga murojaat qildilar (gilam, vitraj, mebel uchun eskizlar).