NAJAF

NAJAF, annajaf — Iroqning Janubiy qismidagi shahar, Furot daryosining o’ng sohilida. Najaf muhofazasining ma’muriy markazi. Aholisi 310 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Najaf — Makka va Madinaga boriladigan yo’l yoqasidagi savdo-transport markazi. Shaharga 8-asr o’rtalarida asos solingan. 11-asrda devor bilan o’ralgan. Najaf — shialarning muqaddas shaharlaridan. Najafda xalifa Ali masjid-maqbarasi (Abbosiylar davrida qurilgan) bor.