Nalchik shahri
Nalchik shahri (1921 yildan) — Kabarda-Balkariya poytaxti. Katta Kavkazning shimoliy etaklarida, Nalchik daryosi bo’yida joylashgan. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 235,7 ming kishi (1998). Nalchik Kabarda-Balkariya sanoat mahsulotining 50%ini beradi. Mashinasozlik («Sevkavelektrod», «telemexanika» korxonalari, elektrovakuum, yarim-o’tkazgichli priborlar, stanoksozlik va boshqa zavodlari), rangli metallsozlik, kimyo oziq-ovqat, yengil sanoatlari rivojlangan. Baland tog’ geofizika ilmiy tadqiqot instituti, 3 oliy o’quv yurti (shu jumladan, Kabarda- Balkariya universiteti), 2 teatr, o’lkashunoslik, tasviriy san’at muzeylari, filarmoniya faoliyat ko’rsatadi. Balneologik va tog’- iqlimiy kurorti bor (Nalchikdan 3 kilometr narida, Dolinskda 500-550 metr balandlikda joylashgan). Nalchik Shimoliy Kavkazdagi turizm va alpinizm markazlaridan biri. Nalchik 1817— 18 yillarda ruslarning harbiy istehkomi sifatida vujudga kelgan.