«Namangan haqiqati»

«Namangan haqiqati» — Namangan viloyat hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazeta. Namangan shahrida o’zbek tilida haftada 2 marta chiqadi. Dastlab «ishchilar qalqoni» (1918-19), «Erkinlik» (1919-21), «Zarbdor» (1921-36), «Stalin haqiqati» (1936— 48) nomlarida chiqqan. 1958 yildan hozirgi nomda. Gazetada turli davrlarda Lutfulla Olimiy, Turg’un Po’lat, Husniddin Sharipov, Habib Sa’dulla, Hamid Nuriy kabi o’tkir qalam soxibalari faoliyat ko’rsatishgan. «Namangan haqiqati»da uzoq yillar samarali mehnat qilgan Ibrohim Yusupov, Fazliddin Mirzayev, Ermamat Nurmatov, Hamidaxon Mamajonova, Abdufattoh Rajabov, G’ulomjon Akbarovlar O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, Respublikada xizmat ko’rsatgan jurnalist faxriy unvonlariga sazovor bo’lishgan. «Namangan haqiqati» viloyat xayotining ko’zgusi sifatida umumiqtisodiyot, sanoat, qishloq xo’jaligi, ta’lim va boshqa sohalardagi yangilik va o’zgarishlarni, jismoniy tarbiya va sport masalasini keng va mufassil yoritadi. «Tadbirkor» nomli ilovasi ham bor. Gazeta adadi 5100 (2003).