Namozgoh

Namozgoh-musulmonlar bayrami – hayit va fitr kunlari namoz o’qiladigan joy, masjid. Bunday kunlarda namozxonlar shahar masjidlarida sig’maganliklaridan shahar tashqarisida namozgoh qurilgan. Namozgoh an’anaviy uslubda qurilib, ko’pincha ularda mehrob devoriga taqab peshayvon solingan va supacha qilingan. Supacha so’fi imomning o’qiganlarini ayvon tashqarisida saf tortib namoz o’qilayotganga eshitarli qilib baland ovoz bilan takrorlab turgan.