Naqib, Naqibxo’ja
Naqib, Naqibxo’ja (arabcha-boshliq, sardor, qabila boshlig’i, dohiy, biror jamoa yoki qabilaning oldingi, e’tiborli kishi)-Xiva xonligidagi harbiy mansabdor. Sayyidlar va xo’jalar uchun yuqori faxriy unvon. Naqib o’zlarini Muhammad payg’ambarning avlodlaridan deb hisoblaydigan sayyidlar jamoalari rahbarlarining lavozimi. Hukmron doiralar Naqib orqali sayyidlar jamoalari bilan muomala qilganlar. Naqiblik lavozimi avloddan-avlodga o’tgan. Naqib xonning eng yaqin maslahatchilaridan bo’lib, safarlarda unga hamroh bo’lgan. Rasmiy qabul marosimlarida Naqib xonning so’l tomonida 1-o’rinda o’tirgan. Naqiblarning o’z navkarlari bo’lib, hamma harbiy safarlarda qatnashgan. Naqiblarning vazifasi urush safari vaqtida qo’shin tuzish, uni qurollantirish va joylashtirish mahoratiga ega bo’lgan, old va orqadagi, o’ng va so’l qanotdagi markaz va pistirmadagi askar holidan xabardor bo’lgan, o’z vazifasiga noloyiq kishini ma’lum vazifani bajarishga qo’ymagan. Xiva xonligida urush safarlari vaqtida Naqib shu vazifalarni bajargan. Xon “saylov”i vaqtida Naqib ishtirok etgan. Naqiblar xazinadan ta’minlanib turilgan.