Naqliyot (transport, ulov, yuk tashigich)
Naqliyot (transport, ulov, yuk tashigich) – 1) turli maqsadlar uchun odamlar va tovarlarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish jarayonini ta’minlaydigan barcha turdagi aloqa yo’llari, transport vositalari, aloqa yo’llaridagi texnik qurilmalar va inshootlar yig’indisi; 2) odamlar, tovarlar va ma’lumotlarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirishga mo’ljallangan texnik tizimlar to’plami. Masalan: suv naqliyot, temir yo’l transporti, uzluksiz ishlovchi naqliyot, tsexlararo naqliyot, yer usti ulovi, jamoat transporti, pnevmatik naqliyot, ko’taruvchi naqliyot, sanoat yuk tashigichi va hokazolar.