Naqsh (bezak, gul)

Naqsh (bezak, gul) – 1) bezak, gul. Xalq amaliy san’ati va me’morchilikda naqshning har xil turlari uchraydi. Naqshlarga qarab tarixning qadimgi davrlarini aniqlash mumkin. Naqshning keng tarqalgan turlari islimiy va girih naqshdir. Naqshlar kompozitsiyasi asosini tanob chizig’i tashkil etadi. Naqsh yasash usuli har xil: chizma (bo’yama) naqsh, chekma naqsh, o’yma naqsh, so’zana naqsh va hokazolar; 2) narsaning badiiy bezatilishi, rang-tasvir, chizmaviy yoki haykalli bezak; me’morchilik va ayniqsa amaliy san’atda badiiy qiyofaning muhim elementi hisoblanadi.