Narpay kanali
Narpay kanali — Zarafshon vodiysidagi qadimgi va yirik kanallardan biri. Qoradaryo (Zarafshon tarmog’i)dan to’g’onsiz suv oladi. Suv o’tkazish imkoniyati 70 m3/s. Sug’orish maydoni 42,2 ming gektar; Samarqand viloyatining Narpay tumanida 18,6 ming gektar, Paxtachi tumanida 17,9 ming gektar, Kattaqo’rg’on tumanida 4 ming gektar, undan quyiroqda 1,7 ming gektar yerlarni sug’oradi. Kanal trassasi daryoga parallel holda Zarafshon tizmasining g’arbiy tarmoklari etaklari bo’ylab o’tgan. 370 shoxobchasi bor. 1929 yilgacha uning uzunligi 30 kilometr, suv o’tkazish imkoniyati 8-10 m3/s bo’lgan. 1929-32 yillardagi rekon- struktsiyada uzaytirildi, suv o’tkazish imkoniyati 48 m3/s yetkazildi. Ortiqcha suvni tashlab yuboradigan 4 shoxobcha qurildi. 1950 yilda Narpay kanali Kattaqo’rg’on suv omboriga ulandi. Qayta rekonstruktsiya qilingandan keyin suv o’tkazish imkoniyati 70 m3/s ga yetdi.