Nashriyot-hisob tabog’i
Nashriyot-hisob tabog’i — bosma nashr hajmi o’lchov birligi. Unga mualliflik tabog’iga hisoblangan asosiy matn hajmi bilan birga muallifga haq to’lanmaydigan barcha matn (nashriyot tomonidan yozilgan so’z boshi, ruknsarlavha, ruknraqam, zarvaraq, Sarvaraq yozuvlari va boshqalar), grafik materiallarning hajmi ham kiradi. Nashriyot-hisob tabog’i nashriyotdagi hisob-kitob ishlarida, muharrir, texnik muharrir, musaxdih va boshqa xodimlar mehnatini hisoblashda qo’llanadi.