Natga (Natta) Julio
Natga (Natta) Julio (1903.26.2, Imperiya shahri, Italiya — 1979.1.5, Milan) — italiyalik organik kimyogar. Organik birikmalarning polimerlanish jarayonlarini o’rganish va sintetik kauchuklar ishlab chiqarishga katta hissa qo’shgan. Tartibli tuzilishga ega bo’lgan polimerlar sinfini aniqlagan. K. Tsigler katalizatori deb nomlangan metallorganik katalizatorlar ishtirokida vanil monomerlarning stereospesifik polimerlanishni kashf qilgan. Bu usulni qo’llash polipropilen, polibuten va shu kabilar ko’pchilik kauchuklarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishga imkon berdi. Nobel mukofoti laureati (1963).