NATO
NATO (ing. North Atlantic Treaty Organization — Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti so’zlarining qisqartmasi) — Tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadida tuzilgan xalqaro siyosiy tashkilot. AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Turkiya, Kanada, Polsha, Portugaliya, Daniya, Islandiya, Albaniya, Sharqiy Yevropa va Boltiq bo’yi davlatlari o’rtasida 1949-yil 4-aprelda tuzilgan shartnomaga asosan tuzilgan. ―Sovuq urush davrida ular soni 16 ga yetdi. So’nggi yillarda Vengriya, Polsha, Chexiya ham unga qo’shildi. 1952-yilda NATOga Gretsiya va Turkiya, 1955-yilda GFR qo’shildi. 1966-yildan boshlab Fransiya NATOning harbiy tashkilotida qatnashmaydi. 1974-yilda Gretsiya undan chiqqanligini e‘lon qildi. AQSH tarixda birinchi marta Yevropa davlatlari bilan tinch paytda harbiy ittifoqqa kirdi. NATO rejasiga muvofiq, G’arb davlatlari qurollanish poygasi va ortiqcha kuchlar bosimi ta‘sirida charchatib, sovet tizimi parchalanishini tezlashtirishi lozim edi. Shimoliy Atlantika shartnomasi Sovet Ittifoqiga qarshi yo’naltirilgan g’arbiy harbiy-siyosiy blokning yaratilishini tugalladi. NATO amalda Yevropa integratsiyasi yo’lidagi ilk qadam bo’ldi. Uning faoliyati chegarasiz Yevropani yaratishga yo’naltirildi. Milliy suverenitet eskirib qolgan tushuncha deb e‘lon qilindi va u ―atlantizm bilan almashtirilishi, ya‘ni g’arb qadriyatlari va demokratiyasini muhofaza qilishning umumiy manfaatlariga bo’ysundirilishi lozim edi. 1967-yilda NATOning shtab-kvartirasi o‗zining barcha bo‗linmalari bilan birga Bryusselga ko‗chib o‗tadi. Fransiya esa blokning harbiy tuzilmalaridan chiqqanini e‘lon qiladi. NATOning 1998-yil Serbiyaga qarshi harbiy operatsiyasi Yevropa davlatlarining birgalikdagi siyosatini ishlab chiqish jarayonini tezlashtirdi. NATO tashkil etilishi bilan AQSH dunyoda o’tkir inqirozli vaziyatlarni sun‘iy ravishda yuzaga keltira boshladi, o’z ittifoqchilarini ―kommunistik tajovuz‖ mavjudligiga ishontirish va ularni o’z tashqi siyosati doirasiga chuqurroq tortishga urindi. Hozigi kunda 28 ta mamlakat NATOga a‘zo. Qarorgohi Belgiyaning Bryussel shahrida joylashgan. 1992-yildan O’zbekiston NATOning ―Tinchlik yo’lidagi hamkorlik dasturida ishtirok etib kelmoqda. 2014-yil 16-may kuni Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqa va o’zaro hamkorlik bo’yicha NATO xodimi byurosi tashkil etildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqa va o’zaro hamkorlik bo’yicha NATO xodimi kichik shtat bilan birga NATOning joylardagi diplomatik vakili vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, mudofaa rejasi va tahlili, NATO operatsiyalariga yordam berish, harbiy ta‘lim va tayyorgarlik, ilmiy va ekologik masalalar bo’yicha hamkorlik, jamoatchilik diplomatiyasi kabi sohalarda NATOning Markaziy Osiyodagi sheriklar bilan amaliy hamkorligiga ko’mak beradi.