NATSIONALIZATSIYA

NATSIONALIZATSIYA (lot. natio – millat, xalq) — yer, sanoat, transport, aloqa, banklarning va h.k. xususiy mulkdan davlat mulkiga o’tishi. Natsionalizatsiya xarakteri mamlakatda mavjud bo’lgan tuzum bilan belgilanadi. Asosiy ishlab chiqarish vositalarini Natsionalizatsiya qilishning yo’llari, metodi va sur‘atlari aniq tarixiy sharoitlariga bog’liq bo’ladi va turli mamlakatlarda turlicha bo’lishi mumkin.