Natura

Natura (lotincha natura — tabiat) — 1) inson xarakteri mijozi, axloqi; 2) pul o’rniga to’langan mol, mahsulot; 3) (tasviriy san’atda) rassom tomonidan tasvirlash uchun tan- langan voqelikdagi Real ob’yektlar (tabiat ko’rinishi, odam, xayvon, buyum va hokazolar). Natura tanlash, kuzatish hamda uning talqinida ijodkorning g’oyaviy-estetik qarashlari, maqsadi namoyon bo’ladi. Realistik tasviriy san’at asoslarini egallashda Natura asosiy manba hisoblanadi. Naturani kuzatish, uning tuzilishi va rasmini chizish orqali rassom, haykaltarosh, me’mor hayotni chuqurroq anglab, dunyoviy bilimlari kengayib, fazoviy tasavvuri ortib boradi. Naturadan ijodkor bevosita xayotiy chizgilar ishlashi, ularning etyud, eskizlari — xomaki rasmlar (ko’pincha manzara, portret, natyurmort va mavzuli kompozisiyalar) yaratishi mumkin.