NATURAL О’LCHOVLAR

NATURAL О’LCHOVLAR — buxgalteriya hisobidagi o’lchovlarning biri bo’lib, uning yordamida buxgalteriya hisobi ob’yektlari to’g’risida natural (massa, uzunlik, metr va h.k.) ko’rinishidagi ko’rsatkichlar olinadi. Natural o’lchovlar asosiy vositalar, materiallar, tovarlar va boshqa moddiy qiymatliklarni hisobga olish uchun qo’llaniladi. Natural ko’rsatkichlar katta nazorat ahamiyatiga ega. Bu ko’rsatkichlar xo’jalik mablag’larini baholash yo’li bilan pul o’lchoviga aylantiriladi.