NATURAL XO’JALIK

Ma’nosi

NATURAL XO’JALIK — tarixan eng dastlab tarkib topgan xo’jalik shakli bo’lib, unda mahsulotlar bozorda sotish uchun emas, balki xo’jalikning o’zida uning xodimlari va yaratuvchilari iste’moli uchun yetishtiriladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar o’sib, ijtimoiy mehnat taqsimoti chuqurlashib borishi natijasida natural xo’jalik o’rnida tovar xo’jaligi yuzaga keladi. Natural xo’jalikka patriarxal dehqon oilasi xo’jaligi, hozirgi oilalarning chorbog’ xo’jaligi, shuningdek, ayrim korxonalar (agarda yetishtirilgan mahsulot xodimlarga bepul ulashilsa) misol bo’la oladi.

O‘xshash so‘zlar

N harfiga oid iqtisodiy ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar