Nav nazorati
Nav nazorati — navning xaqiqiyligini belgilash xamda urug’lik ekinlarining nav tozaligini aniqlash. Urug’lik ekinlarini aprobasiya qilish va aprobatsiyaning to’g’riligini ekilgan urug’lik to’plaridan olingan namunalarni grunt nav tahlili usulida tekshirish yo’li b-n amalga oshiriladi. Nav nazoratida urug’lik fondi hujjatlari ro’yxatga olinadi va rasmiylashtiriladi, urug’chilikdagi urug’lik ekinlar nav sofligini saqlashga qaratilgan barcha qoidalarga rioya qilinadi. Ekilgan urug’lik fondi grunt nav tahlili 1926 yildan, respublika urug’lik paxta stansiyalarida esa 1935 yildan o’tkaziladi. Navning haqiqiyligini belgilashda o’simliklarning morfologik belgilari navning rasmiy belgilari bilan solishtiriladi. Navning sofligini aniqlash bo’yicha o’tkaziladigan aprobasiya va grunt taxlillari har bir ekin yoki bir guruh ekinlar bo’yicha maxsus uslubiyatlar asosida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan elita urug’larining nav sofligi elita-urug’chilik xo’jaliklarida o’tkaziladigan elita sinovi tajribalarida birinchi reproduktsiya bo’yicha qo’shimcha ravishda nazorat qilinadi. Selektsiya muassasalarining davlat nav sinoviga topshirishga mo’ljallangan yangi navlari nav sofligi Respublika «O’zdavurug’nazorat» markazi urug’chilik va urug’shunoslik stansiyasida aniqlanadi. Patent bilan himoya qilinadigan navlarning nav sofligini ta’minlash originatorlar zimmasida, ularning Nav nazoratini O’zbekistan Respublikasi Qishloq xo’jaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi amalga oshiradi.