Navandak, Navand
Navandak, Navand — o’rta asrdagi Chag’oniyon shaharlaridan biri (5-6— 18-asrlar). Ba’zi olimlar fikricha, «Navandak» atamasi «nav» va «xandaq»dan olinib «yangi xandaq» ma’nosini anglatgan. «Navandak» nomi «Navand» («choparlar») so’zining kichraytirilgan shakli deb qarashlar ham bor (Sh. Kamoliddinov). 12-asrda Balxdagi mahallalardan va Samarqand darvozalaridan biri «navand» deb atalgan. 15-asr oxirida temuriylar davrida Navandakda zarbxona bo’lgan, bu yerda «Navand» deb bitilgan mahalliy mis tangachalar chiqarilgan. Surxondaryo viloyatidagi Uzun shahridan 3 kilometr shimoli- Sharqda joylashgan Kofirqal’a (yoki Novandaktepa) shahar xarobasi o’rnida bo’lgan deb hisoblanadi. Shahar xandaq (kengligi 50 metr) bilan o’ralgan mustahkam Ark, Shahriston (450×450 metr) va katta raboddan tashkil topgan. Ad.: Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX— nachala XIII vv., T., 1996.