Navarra

Navarra — o’rta asrlarda pirenei yarim orolida poytaxti Pamplona bo’lgan Qirollik (905-1512). Ilk tarixi kam o’rganilgan. 9-asr o’rtalarida Navarra grafligi arablar va franklar o’rtasidagi kurash natijasida mustaqillikka erishgan. Navarraning 1-qiroli Sancho Garsiya (905— 925 yillar hukmronlik qilgan) bo’lgan. Sancho III Buyuk davrida (1000-1035) Navarra o’z hududiga Leon, Kastiliya, Aragon, shuningdek, Ispaniya va Frantsiyadagi Basklar yerlarini qo’shib olgan. Sancho III ning vorislari davrida Navarra o’zining avvalgi hududining deyarli hammasidan ajralgan. 1076-1134 yillarda Navarra Aragonga tobe bo’lgan. 1234-84 va 1328-1512 yillarda Navarradagi Qirollik taxtini Fransuz graflari, 1285-1328 yillarda Fransuz qirollari egallashgan. Navarra iqtisodiy qoloq davlat hisoblangan. 1512 yil Navarrani Ferdinand Aragonskiy bosib olgan, natijada Navarra Ispaniyaga qo’shib yuborilgan. Quyi Navarra esa 1589 yilgacha rasman mustaqil Qirollik bo’lgan, shundan so’ng (Navarra qiroli Genrix Navarrskiy Frantsiya taxtiga Genrix IV nomi bilan chiqqach) Frantsiya tarkibiga qo’shilgan.