Navkrariylar
Navkrariylar (yunoncha naukrarial)-Attikada (Qadimgi Yunoniston) hududiy okruglar; har bir Navkrariylar (jami 48 ta) urush chiqqan paytda bitta kemani ekipaji bilan tayyorlagan va ikki chavandozni taqdim etgan. Taxminan miloddan avvalgi VII asrda shakllangan. Navkrariylarni har yili almashib turadigan navkrar boshqargan. Klisfen Navkrariylar sonini 50 taga yetkazgan, lekin ularning ahamiyati, ya’ni ma’muriy birliklar-demalar paydo bo’lishi bilan pasaygan.