Naxshabiy Abu Turob

Naxshabiy Abu Turob (? — 850, Qarshi) — tasavvuf shayxlaridan biri. Piri murshid darajasiga erishgan. U tasavvufning muhim shartlaridan biri bo’lgan nafs va kibrni jilovlashning inson hayotidagi ahamiyatini ko’rsatgan. Alisher Navoiy o’zining «Lison ut- tayr» dostonida Naxshabiy nomini ehtirom bilan tilga olgan.