NAYZABOZLIK
NAYZABOZLIK — qo’l jangi turlaridan biri; raqibni nayza sanchib mahv qilish. Nayzabozlik jang qilishning qadimgi usullaridan biri bo’lib, nayza paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan. Nayzabozlikda himoya vositasi sifatida qalqon va sovutdan foydalanilgan. 19-asrning o’rtalaridan boshlab, miltiqqa nayza o’rnatilgach, Nayzabozlik zarur bo’lgandagina qo’llanilgan.