Nazarbek zilzilasi
Nazarbek zilzilasi — 1980 yil 10 dekabrda Toshkent shahrining g’arbidagi Nazarbek qishlog’ida ro’y bergan. Zilzila kuchi 12 balli MSK—64 shkalasi bo’yicha 8 ballga teng. Rixter shkalasi bo’yicha magnitudasi M=5,4 bo’ldi. Zilzila natijasida aksariyati xom gisht va paxsadan qurilgan uylar shikastlangan. Toshkent shahrining Nazarbekka tutash qismidagi imoratlarda ham ko’plab yoriqlar paydo bo’lgan, ayrim devorlar qulagan va hokazolar. Bir-ikki yil davomida zilzilaning ko’p marta qayta silkinishi (aftershoklar) kuzatilgan.