NAZAROV ZOYIR

NAZAROV ZOYIR (1941.22.12, Romitan tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1997). Buxoro pedagogika institutining fizika-matematika fakultetini tugatgan (1965). 1965 yildan Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 21-maktab, 1974 yildan 26-maktab matematika o’qituvchisi. Nazarov matematika darsi samaradorligini yaxshilashda turli uslublarni ishlab chiqqan.