Nazira
Nazira (Arabcha) — Sharq adabiyotidagi an’anaviy usullardan biri; o’tgan yoki zamondosh adib asariga o’xshatma tariqasida yozilgan asar. Nazirani mumtoz shoirlar tatabbu deb ham yuritishgan. Navoiy o’z «Xamsa»sining Nizomiy «Panj ganji»ga tatabbu deb ataydi. Iste’dodli nazirago’y adiblar ma’lum bir asarga ijodiy yondashib, shu asar mavzuini boyitish va rivojlantirish, yangi muammo va g’oyaviy motivlarni kutarish, yangi obraz va xarakterlar yaratishni maqsad qilgan. O’tmish shoirlarining yaxshi asarlariga Nazira yozish o’zbek adabiyotida ham uchraydi. Habibiy, Sobir Abdulla, Charxiy va boshqa shoirlar Naziralar bitganlar.