NEAPOL OPERA MAKTABI
NEAPOL OPERA MAKTABI — 17-18-asrlarda Neapolda shakllangan ijodiy maktab, kompozitorlar guruhi. Ilk yirik namoyandasi — F.Proventsale (taxminan 1627 — 1704), boshlig’i — A.Skarlatti. Neapol opera maktabi vakillari (kompozitorlar L.Vinchi, N.Porpora, L.Leo, N.Iomelli, T.Traetta va boshqalar, libretto mualliflari A.Dzeno, P.Metastazio) operannng jiddiy (opera-seria) va hajviy (Buff opera) turlari, shuningdek, ariya, uvertyura, rechitativnit tugal ko’rinishini belgilab berishgan. Ular tarixiy-afsonaviy, antik syujetlarda asarlar yaratib, Sharq (hind, Arab, fors) mavzulariga ham murojaat qilishgan, xususan, Sohibqiron Amir Temur qiyofasini o’z operalarida gavdalantirganlar. Neapol opera maktabi tamoyillari G.Gendel, I.Xasse va boshqalar Yevropa opera ustalari ijodiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan.