Nebitdog’ neft koni

Nebitdog’ neft koni — Turk manistonning g’arbidagi kon, Turkmanboshi shahridan 165 kilometr Sharqda, Nebit-dog’ qirlarida joylashgan. Dastlabki quduq 1889 yil qazilgan va bir sutkada 10 tonna neft olingan. 1926 yil razvedka ishlari takrorlangan. 1933 yildan muntazam neft olish boshlangan. Nebitdog’ braxiantiklinal burmasi kenglik bo’ylab 30 kilometrga cho’zilgan, eni 10-12 kilometr. Strukturaning qanotlarida jinslarning yotish burchagi 10° dan 25° gacha. Burma diz’yunktiv buzilishlar natijasida murakkablashgan. Yirik uzilmalarning asosiy zonasi strukturaning o’qi bo’ylab o’tgan. Shu joylarda qanotlarning 200— 250 metrga pasayishi kuzatiladi. Sanoat ahamiyatiga molik neft-gazli gorizontlar aqchag’il (bitumli qumtosh, qumli gillar) va apsheron (qumtosh, alevrolit, gil) yaruslarida va qizil qatlamlar (gil, qumtosh) majmuida joylashgan. Asosiy zaxira qizil qatlamlarda (qalinligi 2000 metrgacha) aniklangan. Qumtosh pachkalar gil qatlamchalari bilan ajralgan. Pachkalarga burg’ilangan quduqlar yuqori debitli (80-100 t/sutka). Aqchag’il yarusida mahsuldorlik kam. Apsheron yarusida neftli 1-gorizontda uyum linza ko’rinishida (dastlabki debiti 40-50 t/sutka). Neft oz parafinli, zichligi 0,850—0,900 g/sm3. Nebitdog’ neft koni Turk-manistonda ko’p vaqtlar yirik kon hisoblangan.