Nebraska

Nebraska — AQShning Markaziy qismidagi shtat. Missuri daryosi havzasida. Maydoni 200,3 ming km2. Aholisi 1,7 million kishi (2002), shundan 66% shaharlarda yashaydi. Ma’muriy markazi — Linkoln shahri; eng yirik shahri va sanoat markazi — Omaxa. Shtat qududining katta qismi Buyuk tekisliklarda, g’arbiy chekkasida qoyali tog’larning tarmoqlari (eng baland joyi 1654 metr) bor. Iqlimi mo’tadil kontinental iqlim. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -5°, iyulniki 24°. Yillik yog’in 500-700 mm. Yirik daryolari — Missuri va Platt. Tog’yon bag’irlarida o’rmonlar bor. Nebraska — agrar-industrial shtat. Qishloq xo’jalik tovar mahsulotining yarmidan ko’prog’ini chorvachilik beradi. Chorvachilik, asosan, go’sht yetishtirishga ixtisoslashgan. Nebraskaning Sharqiy qismida dehqonchilik nisbatan rivojlangan. Asosiy ekinlari: makkajo’xori va bug’doy. Tez-tez qurg’oqchilik bo’lib turadi. Shtatning g’arbiy qismidagi daryo vodiysida sug’orib dehqonchilik qilinadi. Oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Rangli metallurgiya va qishloq xo’jalik mashinasozligi korxonalari bor. Nebraskada ozroq neft qazib olinadi.