Neftni qayta ishlash
Neftni qayta ishlash -neftdan neft mahsulotlari (benzin, kerosin, dizel yonilg’isi, mazut, moy, bitum, gudron, parafin va boshqalar) olishda qo’llanadigan texnologik usullar majmui. Neftni qayta ishlashda avval neft tarkibidagi suv, tuz va mexanik aralashmalardan tozalanadi, keyin uni stabillashtirish, yuqori haroratda bug’latib haydash, distillyatlarni tozalash, qo’shimchalar qo’shish va boshqalar bajariladi. Neftni haydash usuli miloddan avval ma’lum edi. Bu usul neftdan dori-darmon tayyorlash maqsadida qo’llangan. Qadimgi yunon tabibi Kassiy Feliks va Abu Ali ibn Sino neftni haydashga oid tajribalar o’tkazishgan. Xorazm geografi Bakron (13-asr) Boku neftini haydash haqida birinchi bo’lib eslatib o’tadi. 18-asrga keib neft konlarini qidirish va o’rganish munosabati bilan neftni haydashga katta e’tibor berildi. Neftni haydash laboratoriya qurildi. 1823 yilda aka-uka Dubininlar Mozdok shahri yaqinida davriy ishlaydigan neftni haydash zavodini qurdilar. Ular kubga quyilgan 40 chelak neftdan 16 chelak haydalgan neft olganlar. Shu tariqa neftni haydash zavodlari taraqqiy eta boshladi. Suv va tuzlarni yo’qotish. Neft tarkibida, odatda, minerallashgan burg’i suvi, suvli 1 m3 neftda 30-50 g gacha tuz bo’ladi. Ularni yo’qotish uchun Neftni qayta ishlash zavodlarida elektr yordamida tuzeizlantirish qurilmalari ishlatiladi. Neftga deemulgator qo’shilib, chuchuk suv bilan yuviladi. Hosil bo’lgan emulsiyani 100-140° gacha qizdiriladi va uzluksiz ishlaydigan elektr degidratoriga uzatiladi. Yuqori kuchlanishli elektr maydoni, deemulgator va qizdirish ta’sirida emulsiya tezda parchalanadi, suv va unda erigan tuzlar chukadi va chikarib tashlanadi. Suv va tuzlardan tozalangan neft tarkibida 0,2% gacha suv va 0,5 mg/l gacha xloridlar (tuzlar) krladi. Neftni stabillash . Neft tarkibida uglevodorodlarning butanpropanli, qisman pentanli fraktsiyalari bo’ladi. Neftni tashish va saklashda eng zarur uglevodorodlarning yo’qolishini kamaytirish, neftni haydash qurilmasiga kelayotgan neft bug’lari bosimini bir xil tutib turish uchun bu fraktsiyalar ketkaziladi. Bu ish suvsizlantirish va tuzsizlantirish qurilmalari bilan birga qurilgan kompleks yoki maxsus qurilmalarda bajariladi. Stabillash natijasida ajratib olingan propanbutan fraktsiyasi neft-kimyo sanoati uchun muhim xom ashyo hisoblanadi. Neft idishga quyilib qizdirilganda, uning harorati ko’tariladi va bir qismi hatto 30-40° dayoq bug’lanib havoga ko’tarila boshlaydi. Nisbatan past temperaturalarda bug’langan uglevodorodlar neftning yengil qismi (fraktsiyasi), idishda qolgan uglevodorodlar neftning og’irroq qismi hisoblanadi. Bug’langan neft sovitilsa, u yana suyuq xrlatga o’tadi. Neftni bug’latib, keyin bug’langan uglevodorodlarni Su-yuqlikka aylantirish jarayoni neftni to’g’ri qaydash deb, olingan mahsulot distillyat deb ataladi. Neftni haydash. Odatda neftdan quyidaga t-ralar oralig’ida qaynab bug’lanadigan distillyatlar olinadi: benzin 28-180°, ligroin 110-230°, kerosin 120-315°; gazoyil 230-330°; solyar 280-380°; moy 320-500°. Neftni qayta ishlab yonilg’i va moylar olishda uni to’g’ri haydash birlamchi va asosiy jarayon hisoblanadi (sxema). To’g’ri haydash pech quvurlarida harakatda bo’lgan neftni qattiq qizdirib bug’latish, bug’ni rektifikatsiya ustuni (kolonnasi)da fraktsiyalarga bo’lish yo’li bilan amalga oshiriladi. Quvurli pechlarda neft 330-350° gacha qizdirilib, keyin rektifikasiya ustunining o’rta qismiga yuboriladi. Neftning suyuq qoldiqlari ustunning devorlaridan pastga sizib tushadi, engil uglevodorod bug’lari esa ustunning tepa qismiga qarab intiladi va rektifikasiya tarelkalariga urilib, kondensatga (suyuqlikka) aylanadi. Tarelkalar ustunning har xil balandliklarida joylashgan bo’lib, pastki tarelkalarda og’ir uglevodorodlar, yuqoriroqdagi tarelkalarda engilroq uglevodorodlar kondensatga aylanadi. Neftni to’g’ri haydashda rektifikatsiya ustunlaridagi bosim atmosfera bosimiga teng bo’ladi. Rektifikatsiya ustunining tagida yig’ilgan mazut kreking qurilmalarida qayta haydalishi yoki yoqilg’i mazuti sifatida ishlatili- shi mumkin. Mazutlarning ikkilamchi qayta ishlanishi vakuum qurilmalarida bajariladi. Vakuum ustunlarining yuqori qismidan solyar frakiyalari kondensatlari, quyiroqda moy fraktsiyalari, ustunning pastki qismida esa gudron yoki yarim gudron yig’iladi. Neftni tozalash. Neft mahsulotlarining sifatini yaxshilash maksadida olingan distillyatlar tozalanadi. Distillyatlarni oltingugurt, azot, kislorod va to’yinmagan uglevodorodlar- dan tozalash uchun gidro-tozalash jarayoni qo’llanadi. Gidrotozalash 350-420° da va 1,7—40 MPa bosimda katalizator yordamida amalga oshiriladi. Gidrotozalash, asosan, dizel yonilg’isi va moy distillyatlarini oltingugurtdan tozalashda va ayrim distillyatlarni ikkilamchi jarayonga tayyorlashda ishlatiladi. Yonilgi distillyatlaridagi kislorod va oltingugurtli birikmalarni yo’qotishda ishqor bilan tozalash usuli ham qo’llanadi. Bu jarayonda tozalanayotgan mahsulotga ishqor va suv qo’shilib, hosil bo’lgan birikmani mahsulotdan ajratib olinadi. Yonilgi va moy distillyatlarining sovuq paytda qotib qolmasligini ta’minlash maqsadida ular parafinsizlantiriladi. Bunda tez quyuqlashadigan parafin uglevodorod distillyatlardan ajratib olinadi. Neftni to’g’ri haydalganda ajralib chiqqan benzin, kerosin va dizel yonilg’isi fraktsiyalarining jami ulushi neft hajmining 40-50%idan oshmaydi. Yonilg’ilarni ajratib olish ulushini oshirish va ularning sifat darajasini yanada ko’tarish maqsadida neftni kimyoviy qayta ishlash, ya’ni ikkilamchi jarayonlar qo’llanadi. Ular orasida kreking jarayoni — uglevodorodlarni parchalash jarayoni keng tarqalgan. Benzinlarning detonasiyaga turg’unligini oshirish maqsadida uglevodorodlarni alkillash va izomerlash jaraenlari ham qo’llanishi mumkin. Neft mahsulotlarining sifatini yaxshilash uchun qo’shimchalar qo’shiladi. Ehson Umarov.