Negros
Negros — Filippin arxipelagining Markaziy qismidagi orol. Maydoni 12,7 ming km2. Relefi, asosan, tog’li. Eng baland joyi 2460 metr (Kanlaon vulkani). G’arbiy va shimoliy-g’arbiy qismida vulkan tuproqli unumdor tekisliklar bor. Iqlimi subekvatorial, mussonli iqlim. Tog’lar doim yashil tropik o’rmonlar bilan qoplangan, tekisliklarda savannalar uchraydi. Shakarqamish, sholi, makkajo’xori ekiladi. Mis rudasi konlari bor. Negrosda Bakolod, Duma-Gete, San-Karlos shaharlari joylashgan.