Neolit davri madaniyati
(Eramizdan avvalgi VI — I V ming yilliklar)
Mintaqamizning iqtisodiy-geografik joylashuvi, tarixiy manbalarva asarlarda ko’rsatilishicha, eramizdan avvalgi VI- IV ming yilliklar oralig‘ida Markaziy Osiyo geografik joylanishuvi va iqlim sharoitiga ko‘ra ikkita yirik madaniy-tarixiy hududga bo‘lingan. Mazkur bo‘linish o‘sha davr kishilarining xo‘jalik yuritishida, turmush tarzi va o’zaro madaniy aloqalari hamda san’atida o‘z aksini topgan. Janubi-g‘arbiy hududlarda (hozirgi Turkmanistonning janubiy hududlarida) dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq qabilalar yashagan bo‘lsa, shimoliy hududlarda ovchilik, baliq ovlash va yig‘uvchi-terimchilik bilan shug‘ullanadigan kishilar istiqomat qilganlar. Ular o‘rtasida tosh qurollardan foydalanish uzoq davrlargacha saqlanib qolgan. Albatta, xo‘jalik yuritishning cheklanganligi shimolda yashovchi turli qabilalar madaniyati va san’atining janubiy hududda yashovchi qabilalar madaniyatidan orqada qolishiga sabab bo‘lgan. Faqat eramizdan avvalgi 11 ming yillikka kelibgina shimolda yashovchi kishilar dehqonchilik bilan shug‘ullanishni yo‘lga qo‘ya boshlaganlar, o‘troq hayot kechirishga o’tishgan, metall (bronza)dan mehnat qurollari yasashgan. Albatta, mazkur o‘zgarishlar ma’naviy madaniyat, ayniqsa, uning tarkibiy qismi hisoblangan san’atda o‘z ifodasini topa boshlagan.
Dehqonchilik bilan shug‘ullanish qo’shni hududlarda yashovchi turli qabilalar bilan madaniy aloqalar o‘rnatishga olib kelgan. Ularning ma’naviy madaniyati Bolqon yarim orolidan Hindistongacha cho‘zilgan ulkan hududda birmuncha ertaroq shakllangan.
Neolit davri Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviy madaniyatining shakllanishi va rivojlanishiga qadimgi Sharqning yuksak madaniyatga erisligan Elam (Eronning togkli hududlari. Eramizdan avvalgi III ming yillikdan VI asrning o ‘rtalarigacha bo’lgan davrini o‘z ichiga olgan davlat. Eramizdan avvalgi XIII-XII asrlarda davlatchilik va madaniyat gullab-yashnagan) va Shumer, qadimgi Misr va buyuk Hind sivilizatsiyasi hisoblangan Moxinjondora (hozirgi Pokistondagi Sind viloyati hududida eramizdan avvalgi III va II ming yilliklardagi buyuk shahar madaniyati) va Harrapa (hozirgi Pokiston hududidagi Panjob viloyati, eramizdan avvalgi III va II ming yillikning birinchi yarmida yuksalgan shahar madaniyati) sivilizatsiyalari o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
Eramizdan avvalgi V ming yillikda yashagan qabilalar madaniyatining asosiy xususiyati diniy qarashlaming vujudga kela borganligi va bu bilan bog‘liq bo‘lgan terrakota haykalchalarining ko‘proq ona timsolini tasvirlaganligidir.
Qo‘lda yasalgan sopol idishlarga qizg’ish-qora rangdagi tabiiy bo‘yoqlar bilan turli geometrik shakllar chizilgan. Ayniqsa, uchburchak, to‘rsimon, o‘simlik shoxlari ko‘rinishidagi va bir-birini kesib o‘tuvchi chiziqlardan keng foydalanilgan.
Ayrim idishlarning tashqi tomonlariga hayvonlarning ko‘proq. tog‘ echkisining suratlarini tushirish rasm bo’la borgan. Bu esa dehqonchilik madaniyati bilan shug‘ullanuvchi qabilalar o‘rtasida totemistik qarashlarning kurtaklari paydo bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Neolit davri (eramizdan avvalgj VI-IV ming yilliklar oralig’i) insoniyatning tayyor mahsulotlardan foydalanishi, mahsulotlarni ishlab chiqarishga o‘tishi bilan xarakterlanadi. Bu davrga kelib chorvachilik va dehqonchilik paydo bo’ladi, tosh qurollar yanada takomillashtirilib, kulolchilik va qurilish ishlari rivojlanadi, to‘qimachilik va hayvon terilaridan buyumlar ishlab chiqarish vujudga keladi.
Hayot kechirish manbalarining ko‘payishi, kishilaming yashash uchun yangidan yangi hududlarga ko‘chib o‘tishi kengayadi. Bu esa qabilalar o‘rtasida hosildor yerlar va ov qilinadigan maskanlarni egallash uchun kurashlarni vujudga keltiradi. Mazkur o’zgarishlar kishilarning tabiat bilan o‘sha davr madaniyatining rivojlanishida o‘z ifodasini topgan. ya’ni kishilarning dunyoqarashi, ishlab chiqarish m unosabatlarini, hayot shart-sharoitlarida tub o‘zgarishlaming vujudga kelishiga olib kelgan. Mehnat taqsimotining osha borishi, qabilaviy munosabatlarning kuchayishi va mustahkam lanishi, matriarxat davridan patriarxat davriga o‘tish kishilar o‘rtasidagi munosabatlami yanada murakkablashtirgan. Magik qarashlar kuchaygan. Dehqonchilikka oid afsonalar rivojlangan.
Shunga qaramasdan, neolit davri san’atida kishilarning mehnat faoliyatini aks ettirish asosiy mavzuligicha qolgan. Loydan turli xil kichik haykalchalar yasash, o’ta sodda badiiy hunarmandchilik va naqqoshlikning rivojlanishi amaliy-dekorativ (bezak) san’atining paydo bo‘lishi neolit davri madaniyatining xarakterli xususiyati hisoblanadi. O‘sha davr badiiy hunarmandchiligida kishilar mehnat jarayonlarida estetik tomonlarni his qila boshlaganligi ko‘zga tashlanadi. Ularning obyektiv dunyo qonuniyatlarini qanchalik darajada anglab borganligi ham turm ushda ishlatilgan ko‘plab buyumlar va amaliy bezak san’atida o‘z ifodasini topgan. Predmetlarda aks etgan naqshlar, o‘z xarakteriga ko‘ra, turli xil: parallel chiziqlar, qo‘sh spiral, egri chiziqlar, doira va boshqa shakllarda bo‘lgan.