Nep

Nep (ruscha noyava ekonomicheskaya politika, Yangi iqtisodiy siyosat-Sovet davlati tomonidan harbiy kommunizm bosqichidan keyin amalga oshirilgan iqtisodiy siyosat. 1921 yili RKP(b) ning s’yezdida qabul qilingan. Asosiy yo’nalishlari M.A.Lorin tomonidan ishlab chiqilgan. Mamlakat iqtisodiyotining halokat yoqasiga kelib qolishi, ocharchilik, aholining tang ahvoli hokimiyatni noqonuniy yo’l bilan egallab olgan bolsheviklarni shunday yo’l tutishga majbur qilgan. Harbiy kommunizmdan asosiy farqlari quyidagilar: a) razvyorstka o’rniga oziq-ovqat solig’i joriy etildi; b) sovet hokimiyatining dastlabki yillarida milliylashtirilgan mayda va o’rta korxonalar egalariga qaytarib berildi; v) chet el kapitali kirib kelishiga ruxsat etildi; g) korxonalarning xo’jalik hisobi asosida ishlashi joriy etildi; d) mehnatga qarab ish haqi to’lash qayta tiklandi.