Nepallar

Nepallar (kxaslar, o’zlarini — nepali deb atashadi) — 1) xalq, Nepalning asosiy aholisi (11,3 million kishi, 1990-yillar o’rtalari). 2,1 million kishi Hindistonda yashaydi. Nepal tilida so’zlashadi. Dindorlari — hinduizmga e’tiqod qiladi. Antropologik jihatdan mongoloid va yevropeoid irqlariga bo’linadilar. Nepallarning shakllanishida kxasi (Gurkh) qabilalari ittifoqiga kirgan xalqlar yetakchi rol o’ynagan. Dehqonchilik (sholi), chorvachilik, hunarmandchilik bilan shug’ullanadilar.