Nepomnin Vladimir Yakovlevich

Nepomnin Vladimir Yakovlevich (1906.9.1, Dnepropetrovsk — 1978, Toshkent) — tarixchi olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1970), tarix fanlari Doktori (1962), professor (1963). O’rta Osiyo universiteti huquqshunoslik fakultetida (1934— 36), partiya ishlarida (1937-45) ishlagan. «Pravda Vostoka» gazeta muharriri (1946-48), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti direktori (1948-51), direktor o’rinbosari (1951— 57), ToshDU kafedra mudiri (1965-70). Ilmiy ishlari O’zbekistonning 20-asr 1-yarmi tarixiga bag’ishlangan.