Nerv impulsi
Nerv impulsi — nerv tolalari bo’ylab tarqaladigan qo’zg’alish to’lqinlari. Nerv hujayralari (neyronlar) qo’zg’alganda paydo bo’ladi. Signallarni sezuvchi periferik nerv uchlari (retseptorlari)dan Markaziy nerv sistemasiga va undan ijrochi a’zolar (muskullar va bezlar)ga o’tkazib beradi. Nerv impulsi asosida elektr kimyoviy reaktsiyalar yotadi. Impuls o’tkazish tezligi 0,5 dan 120 m/sekundgacha. Nerv impulsi neyrondan neyronga sinapslar orqali o’tadi.