Nerv markazi

Nerv markazi — nerv hujayralari (neyronlar) majmui. Odam, umurtqali xayvonlar va ayrim umurtkasizlar organizmining biror funktsiyasini boshqarish, refleks hosil bo’lishida qatnashadi. Oddiy Nerv markazi gangliy hosil qiluvchi bir necha neyrondan tuzilgan. Yuksak darajadagi hayvonlar va odamda Nerv markazi Markaziy nerv sistemasi tarkibiga kirib, bir necha ming, ba’zan bir necha mln. neyronlardan tashkil topgan. Organizmning ko’pchilik funktsiyalari Markaziy nerv sistemasining turli qismlarida joylashgan bir qancha Nerv markazi tomonidan boshkariladi (masalan, ko’rish sistemasining Nerv markazi oraliqmiya, o’rta miya katta yarim sharlari po’stlog’ida joylashgan). Sezgi a’zolari yoki boshqa Nerv markazidan nerv impulsi tarzshsh kelayotgan ma’lumotlar har bir nerv markazining kirish kanali orqali o’tadi. Bu ma’lumotlarni Nerv markazining neyronlari analiz va sintez qilib, ularga tegishli javob qaytaradi. Nerv markazi tarkibiga ritmni boshkaradigan neyronlar ham kirishi mumkin. Ular nerv impulelarini vaqt-vaqti bilan boshqarish xususiyatiga ega. Nerv markazi faoliyatining asosiy mohiyati dominantlar printsipiga asoslangan.