Nesmeyanov Aleksandr Nikolaevich
Nesmeyanov Aleksandr Nikolaevich [1899.28.8(9.9) — Moskva — 1980.17.1] — rus organik kimyogari, SSSR Fanlar Akademiyasi akademik (1943), Prezidenti (1951-61). Asosiy tadqiqotlari metallorganik birikmalar kimyosiga bag’ishlangan. 1929 yilda simoborganik birikmalarni diazousul yordamida sintezlashni taklif etdi. Bu usul keyinchalik Sn, Pb, Ti, Sb, Bi kabi metallorganik birikmalarga ham qo’llanildi (Nesmeyanov reaktsiyasi). Mg, Zn, Cf, Al, Te, Sn, Pb, Sb, Bi kabi metallorganik birikmalarni simoborganik birikmalardan sintezlab olishning oson va qulay usulini ishlab chiqdi. Xloron, bromon va tariarilokson birikmalarini birinchi bo’lib sintez qildi; metallotropiya hodisasini kashf etdi. As: Izbr. Trudi v 4-x t., 1-4, M, 1959; Ximiya ferrosena, 1969; issledovaniya v oblasti organicheskoy ximii, M., 1971.