Neytron

Neytron (inglizcha neitron, lotincha Neuter — unisi ham, bunisi ham emas) — tinch holatdagi massasi 1,67 — 10~24 g, SPI- ni 1/2, radiusi 1,23 • 10^23 sm, magnit momenti 1,913 yadro magnetoniga teng bo’lgan elektr jihatdan neytral (elektr zaryadi nolga teng) elementar zarra; atom yadrosining tarkibiy qismi. Proton kabi Neytron ham nuklon deb yuritiladi. Barionlar guruhiga kiradi. Neytronni J. Chedvik kashf etgan (1932). Erkin holda Neytron uzoq vaqt yashay olmaydi: o’rtacha yashash davri t= 16 minut. Neytronning yarim parchalanish davri 11,7 minut, shu vaqt davomida u proton, elektron va antineytrinoga aylanadi. 1956 yilda Neytronning antizarrasi — antineytron topildi. Uning massasi Neytron massasiga teng, magnit momenti esa qarama-qarshi ishorali, ya’ni musbat. Antineytron radioaktiv bo’lib, u antiproton, pozitron va neytrinoga parchalanadi. Neytron markazida qandaydir zaryadli «o’zak» mavjud. Bu o’zak atrofida qarama-qarshi zaryadli aylanuvchi qatlam bor, lekin bir butun holda Neytron elektr neytral zarradir. Neytron energiyasiga ko’ra ultrasovuq (10~7 ev gacha), juda sovuq (10~7-10~4 ev), sovuq (1(N— 5-10-3 ev), issiq (510 3-0,5 ev), rezonans (0,5—10 4 ev), oraliq (104— 105 ev), tez (105—108ev), yuqori energiyali (108— 10/0 ev) va relyativistik (4- Yu10 ev) bo’ladi. Energiyasi 105 ev gacha bo’lganlari sekin Neytron deyiladi. Neytronlar fanning turli sohalarida keng qo’llaniladi. Neytronlar ham boshqa radioaktiv nurlar singari organizmga biologik ta’sir ko’rsatadi. Neytron xususiyatlaridan tibbiyotda (masalan, neytronoterapiya), geologiyada (neytron karotaj va boshqalar) keng foydalaniladi. Maxsus usullar (Masalan, radioaktivatsion usul) yordamida Neytronni aniqlab, moddalarning tarkibi o’rganiladi.