NIDERLANDIYA QIROLLIGI

NIDERLANDIYA QIROLLIGI — 1814-15 yillarda Vena Kongressi tomonidan Niderlandiya va Belgiya tarkibida tuzilgan davlat. Qirol Vilgelm I hukmronligi ostida bo’lgan. Niderlandiya qirolligida amalda Niderlandiya gegemonligi o’rnatilib, Belgiya viloyatlarining iqtisodiy va siyosiy manfaatlari kamsitilgan. 1830 yilgi Belgiya inqilobi Belgiyani ajralib chiqishi va Niderlandiya qirolligini parchalanishiga olib kelgan.