Nijniy Tagil
Nijniy Tagil — Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyatidagi shahar (1917 yildan). O’rta Ural tog’larining Sharqiy yon bag’rida, Tagil daryosi (ob havzasi) bo’yida. Temir yo’l tuguni. Aholisi 399,6 ming kishi (1998). Qora metallurgiya (metallurgiya kombinati va boshqalar), mashinasozlik, vagonsozlik, shuningdek, kimyo va koks-kimyo sanoatlari («Ural- ximplast» ishlab chiqarish birlashmasi) rivojlangan, harbiy texnika ishlab chiqariladi. Mis rudasi qazib olinadi. Pedagogika instituti, 2 teatr, o’lkashunoslik, tasviriy san’at va boshqa muzeylar bor. Nijniy Tagilga 1722 yilda asos solingan. O’sha yerda konchilik rivojlanishi bilan vujudga kelgan.