Nikol (Nicolle) Sharl Jyul Anri

Nikol (Nicolle) Sharl Jyul Anri (1866.21.9, Ruan — 1936.28.2, Tunis) — frantsuz mikrobiologi. De Frans kolleji professor (1932 yildan). 1903 yildan Tunisdagi Paster instituti doktori. Ilmiy ishlari, asosan, infektsion kasalliklar (teri va visseral leyshmanioz, toksoplazmoz, traxoma, skarlatina, gripp, O’rta dengiz isitmasi va boshqalar)ning qo’zg’atuvchilarini o’rganishga hamda maxsus vaktsina va zardoblar tayyorlash usullarini ishlab chiqishga bag’ishlangan. Toshmali terlama (TIF)ning qo’zg’atuvchisi kiyim biti ekanligini tajribada isbotlab bergan (1909). Nobel mukofoti laureati (1928).