Nikopol

Nikopol (1782 yilgacha Nikitine selosi) — Ukrainaning Dnepro-Petrovsk viloyatidagi shahar. Dnepr daryosiga qurilgan Kaxovka suv ombori soxilida. Dare porti. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 161 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Marganes rudalari qazib olish markazi. Qora metallurgiya (Nikopol Janubiy quvur-metallurgiya, Ferrokrtishmalari zavodlari), mashinasozlik (kran qurilish va boshqa zavodlar), qurilish materiallari ishlab chiqarish, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Nikopolda Dnepro-Petrovsk metallurgiya institutining umumiy texnika fakulteti, o’rta maxsus o’quv yurtlari, o’lkashunoslik muzeyi bor.