Nikson (Nixon) Richard Milxauz

Nikson (Nixon) Richard Milxauz (1913.9.1, Yorbalinda, Kaliforniya shtati — 1994.22.4) — AQShning 37-Prezidenti (1969-74). Respublikachilar partiyasidan. 1953-61 yillarda vitse-prezident. 1973 yil Nikson hukumati vetnamda harbiy harakatlarni to’xtatish va tinchlik o’rnatish haqidagi shartnomani imzolashga majbur bo’lgan. 1972 yildan oliy darajadagi Sovet—Amerika uchrashuvlarida qatnashgan. «Uotergeyt ishi» degan g’ayriqonuniy harakatlarda ishtiroki uchun ayblanish xavfi borligi munosabati bilan iste’foga chiqqan.