Nima uchun ayrim ota-onalar farzandlariga befarqlik qilmoqda?
Savol: Nima uchun ayrim ota-onalar farzandlariga befarqlik qilmoqda? O’z fikrimni yaqinlar kunlarda bo’lib o’tgan voqealar yuzasidan bildirib o’tmoqchiman. Farzand Olloh Taolo tomonidan berilgan ne’mat. Kimlardur shunday ne’matga yetisholmay yurganini nahotki bilmaydi?! Kechagi bo’lgan noxush voqealarni ko’rib, ijtimoiy tarmoqlardagi maqolalarni ko’rib, yuragim g’alati bo’lib ketdi. Tug’ilgan yosh go’daklarda nima ayb? Agar shu go’dakni boqishga qurbi yetmasa, hech bo’lmasa mehribonlik uyiga topshirsa bo’lmaydimi? Lekin yana bir tomondan o’ylab qoldim, bizning bobo momolarimiz 9 nafar, hattoki, 15 nafarga tug’ilgan farzandlarini qanday boqqan? Hozirgi ayrim yengil o’ylayotgan ayrim ota onalar farzandini boshqa odamga sotib yuborayotganini ham guvohi bo’layapmiz. Qaysi o’y bilan o’z jigarbandimizni boshqa odamga topshirib yuborayapmiz? Oyoq qo’limiz sog’ salomat bo’lsa, hech bo’lmasa bir joyga kirib tikuvchilik qilsa yoki biron bir fabrikada ishchi bo’lib ishlasa ham shu farzanding uchun yetadi. Hammada ham oilaviy tashvish bor. Shu tashvishlar bo’lmasa hayotda yashashning nima keragi bor? Eng shirin tashvish shular uchun emasmi? Farzandga sarmoya kiritish, ularni yaxshi joyida o’qitib, yaxshi insonlar davrasiga qo’shish uchun harakat qilish, barchamizning burchimiz emasmi? Lekin oxirgi kunlarda o’z farzandini hayvonning panjasiga otib yuborgan ayolning ishiga tushunmadim. Olloh taoloning karomati cheksiz. Ayiq ham go’dakka tegmadi, go’dak bola eson omon qoldi. Hatto ayiqda ham yurak bor bo’lgan paytda, ayolda yurak yo’qmikan?
Menimcha, ota onalar farzandining bir joyi og’rib qolsa, o’zini qo’yarga joy topolmay qolsa kerak. Barcha ota onalar ham o’z farzandining kelajagi uchun jon kuydiradi. Yaxshi inson bo’lishi, kelajakda ajoyib farzand bo’lishi uchun barcha sharoitlarni imkon qadar yaratib berishga harakat qiladi. Ota ona o’zi ko’rmagan yaxshi kunlarni farzandi ko’rishini xohlaydi. Yemay yediradi, kiymay kiydiradi.
Bugungi kunda, Yurtboshimiz yoshlar uchun qanchadan qancha sharoitlar yaratib berib, yoshlarimiz har bir sohada yetuk mutaxassis bo’lishi uchun kerak bo’lsa, chet el universitetlarini O’zbekistonda ochib berayotgani ko’rib, nahotki o’zimiz uchun fikr qilmaymiz?
Hattoki, maktabgacha ta’limdan boshlab maktabga borguncha yetarli bilimni olib, keyin maktabga boryapti.
Nima uchun ayrim ota-onalar farzandlariga befarqlik qilmoqda? Biz tinch yurtda yashayotgan bo’lsak, kimdan nima kam joyimiz bor? Izlagan imkon topadi.
Hurmatli ota onalar farzandingiz asrang. Farzand ham bir ne’mat. Kelajagimiz farzandlarimiz qo’lida. Ularning baxti uchun kurashaylik. Farzandingizni asrang.